O‘zbekistonning 3 universiteti muhandis-matematik kadrlar tayyorlashni boshlaydi

Jamiyat

image

Yangi o‘quv yilidan O‘zMU, SamDU va UrDUda matematik injiniring ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708-son qarori vazifalari yuzasidan Respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi universitetlarda "Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi:

– O‘zbekiston Milliy universiteti;

– Samarqand davlat universiteti;

– Urganch davlat universiteti.

Mazkur yo‘nalish bitiruvchilariga "muhandis-matematik" va "matematika-mexanika o‘qituvchisi" qo‘sh (dual) kvalifikatsiyalari beriladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutini ochib bergani haqida xabar bergan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

OTM Matematika

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing