O‘zbekistonning 15 foiz aholisi elektr energiyasisiz qoldi
Jamiyat
−
09 aprel 2020
86468-9 aprel kunlari noqulay ob-havo sababli O‘zbekistonning ko‘pgina hududlarida elektr energiyasining uzilishi holatlari kuzatilmoqda.
Energetika vazirligining xabar berishicha, yomg‘ir va qor yog‘ishi sabab ko‘plab daraxtlarning shoxlari sinishi kuzatilgan. Natijada elektr tarmoqlarining shikastlanishi va avtomatik uzilishlar yuz bergan. Natijada mamlakat bo‘ylab iste’molchilarning 15 foizi energiya ta’minotisiz qolgan.
Qayd etilishicha, “Mintaqaviy elektr tarmoqlari” OAJning ta’mirlash guruhlari O‘zbekistonning barcha hududlarida ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Energetika vazirligi, elektr ta’minotidagi uzilishlar elektr energiyasining tanqisligi bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan. Chunki hozirgi paytda me’yoridan ortiqcha elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Karantin sharoitida ko‘plab ishlab chiqarish ob’ektlari ishlamayotgani sabab O‘zbekistonda iste’mol qilinadigan elektr energiyasining umumiy hajmi kamaygan.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli uzilgan energiya ta’minotini tiklash choralari butun mamlakat bo‘ylab davom ettirilyapti.
Avvalroq, birgina Toshkent shahrida 44 ta elektr tarmoqlarida uzilish bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi