O‘zbekistonni Qozog‘iston xaritasiga qo‘shib olgan Umarov yuqori lavozimni egalladi

Olam

image

Kecha, 11 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Respublika Hukumatining yangi tarkibi to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Unda mamlakat Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri lavozimini vazirlikning sobiq o‘rinbosari bo‘lgan Asqar Umarov  egallagan.

Ushbu tayinlov qozoqlarda va ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning rus segmentida turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda. Umarov mamlakatda ochiqchasiga rusofob sifatida tanilgan. Uning Rossiyaga kirishi rasman taqiqlangan.

Qozog‘istonda tartibsizliklar boshlanganidan keyin iste’foga chiqqan sobiq hukumatda Umarov axborot vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Qayd etilishicha, Umarov Rossiya, rus halqi va g‘alaba kunlari haqida bir necha iqtiboslar keltirgan:

G‘alaba kuni haqida. “Hamma aroq ichib, tushunarsiz G‘alaba bayramini nishonlayotganda birovning urushidan qaytmagan baxtsiz bobolarimizni duo bilan kimni va nimani ustidan g‘alaba qozonganini eslang”.

Rossiya aholisi haqida. "Bu yerda avtoxtonlar emas, balki majburlab qo‘yilgan diaspora ekanligingizni unutmang va sizning huquqlaringiz hurmat qilinayotgani hamda sizni boshqa mamlakatlarda mustamlakachi sifatida hech kim haydab chiqmayotgani uchun rahmat ayting".

Rossiya haqida. “Rossiya Federatsiyasi bilan majburiy iqtisodiy va siyosiy integratsiya natijasida yuzaga kelgan harakatlar qozoq tili hamda madaniyatining kelajagi, shuningdek, mustaqilligini yo‘qotishdan qo‘rqishga olib keladi”.

Alohida qayd etish joizki, 2017 yil sentyabr oyida Umarov boshchiligidagi mamlakatning asosiy davlat axborot agentligi “Kazinform” Rossiya, Xitoy va O‘zbekiston hududlari Qozog‘iston tarkibida ekani ko‘rsatilgan xaritani e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2972

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing