O‘zbekistonni Afg‘oniston va Tojikiston bilan bog‘laydigan yo‘l ta’mirlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonni Afg‘oniston va Tojikiston bilan bog‘laydigan 178 kilometr yo‘l kapital ta’mirlanadi. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, Surxondaryodagi eng og‘riqli masalalardan biri yo‘l va transport infratuzilmasi.

Ikki yil oldin Osiyo taraqqiyot banki bilan 183 million dollar hisobiga Boysun va Denovni bog‘lovchi yo‘lning 111 kilometr qismini sement-beton qoplamaga o‘tkazish loyihasi boshlangan. Bu yo‘l ishga tushsa, yuk hajmi 2 karra oshadi, tashish vaqti 3 soatdan 1,5 soatga qisqaradi.

O‘zbekistonni Afg‘oniston va Tojikiston bilan bog‘laydigan 178 kilometrli magistral yo‘l 30 yildan buyon kapital ta’mirlanmagan. Mutasaddilarga qurilish ishlarini uch oy ichida boshlash topshirilgan.

Toshkent – Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd 14 soatdan ko‘p harakatlanadi. Koreyalik hamkorlar bilan zamonaviy tezyurar poyezdlar olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. “Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on” uchastkasini tezyurar poyezdga moslash bo‘yicha loyihani shu yil boshlash, 103 kilometr bo‘lgan “Qumqo‘rg‘on – Quduqli” temir yo‘lini elektrlashtirish ishlariga kirishish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘ilishda Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo magistral' yo'l kapital ta'mir tsement-beton qoplama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing