Samarqand – Buxoro yönalişida pulli avtomobil yöli quriladi
Jamiyat
−
11:43 505 2 daqiqa
Samarqand – Buxoro yönalişida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yölini quriş rejalaştirilyapti. Bu yöl ikki şahar örtasidagi safar vaqtini hozirgi beş soatdan bir yarim soatgaça qisqartiriş imkonini berişi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan Buxoro viloyati iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasini oşiriş masalalari yuzasidan yiğilişda ma’lum qilindi.
“Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy özgarişlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi taşabbuslar bilan kelganmiz”, deydi davlat rahbari.
Dastlab içimlik suvi va oqova tarmoqlari ta’minotiga töxtalib ötilgan. Bu sohada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 385 million dollarlik loyiha amalga oşirilmoqda. Uning ikkinçi bosqiçiga yana 248 million dollar jalb qilinadi.
Natijada viloyatning barça tuman va şaharlarida 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxşilanadi, 775 ming kişi kanalizatsiya tarmoğiga ulanadi. Markazlaşgan içimlik suvi bilan qamrov hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi.
Prezident odamlar bu özgarişlarni kutayotganini ta’kidlab, mas’ullarga loyihalarni tezlaştirişni topşirgan.
Viloyatning transport aloqalarini yaxşilaş böyiça ham yirik rejalar belgilangan. Joriy yilda Buxorodan ötuvçi A-380 avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş yakunlanadi.
Kelasi yil M-37 yölining viloyat hududidagi 69 kilometrini yangilaş işlari boşlanadi. Qiymati 200 million dollarlik uşbu loyiha doirasida Buxoro şahri atrofida 4,5 kilometrli aylanma yöl ham quriladi.
Samarqand – Buxoro yönalişida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yölini quriş rejalaştirilgan. Bu yöl ikki şahar örtasidagi safar vaqtini hozirgi beş soatdan bir yarim soatgaça qisqartiriş imkonini berişi kutilmoqda. Şu yönalişda tezyurar poyezd uçun yangi temir yöl liniyasi ham közda tutilgan.
Prezident mutasaddilarga avtomobil va temir yöl loyihalarining master-rejalarini yakunlaş, hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş böyiça topşiriq bergan.
Live
Barchasi