O‘zbekistonliklarning o‘rtacha IQ darajasi pasaydi
Jamiyat
−
02 fevral 2543 1 daqiqa
2026 yil uchun mamlakatlar bo‘yicha o‘rtacha IQ darajasi yangilandi. Bu yil O‘zbekiston o‘rtacha 96,51 ball to‘plab, avvalgi yilga nisbatan 0,28 punktga pasaygan. Bu haqda International IQ test tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, reytingda 137 mamlakatdan 1,2 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan. Barcha test topshiruvchilarga bir xil topshiriqlar berilgan. O‘zbekiston bu yilgi natijalarga ko‘ra 75-o‘rinni egalladi. 2025 yilda mamlakat 70-o‘rinda edi . Testda 4671 nafar o‘zbekistonlik qatnashib, o‘rtacha 96,51 ball to‘plagan. Shunga qaramay, O‘zbekistonning IQ reytingidagi o‘rni mintaqaviy ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘rtacha darajada. Qo‘shni Qozog‘iston 95,92 (80-o‘rin), Qirg‘iziston 94,48 (93-o‘rin), Tojikiston 93,39 (101-o‘rin)larni qayd etgan.
Jahondagi eng yuqori ko‘rsatkichlarni Sharqiy Osiyo mamlakatlari egallab turibdi. Jumladan:
Janubiy Koreya – 106,97 (1-o‘rin);
Xitoy – 106,48 (2-o‘rin),
Yaponiya – 106,3 (3-o‘rin) davlatlari egallab turibdi.
Eng past ko‘rsatkichlarni quyidagi davlatlar qayd etgan:
Ruanda – 86,9 (135-o‘rin);
Timor-Leste – 86,7 (136-o‘rin);
Somali – 83,84 (137-o‘rin).
Bu mamlakatlarda sog‘liq, oziqlanish va ta’lim imkoniyatlarining cheklanganligi IQ ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanish darajasi bo‘yicha dunyoning 147 mamlakati orasida 141-o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi