IQ darajasi bo‘yicha reyting e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Bu qiziq

image

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatlarning o‘rtacha IQ darajasi reytingida O‘zbekiston 126 ta davlat ichida 70-o‘rinni egalladi. Bu haqda International IQ test tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha IQ ko‘rsatkichi 96,79 bo‘lib, bu o‘tgan yilgi 94,49 ko‘rsatkichidan yuqori, ammo dunyodagi o‘rtacha IQ darajasi hisoblanuvchi 100 dan past. Ushbu tadqiqot dunyo bo‘yicha 1 mln 352 ming 763 kishining ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston nomidan 8777 kishi qatnashgan.

MDH mamlakatlari orasida O‘zbekistondan yuqorida Rossiya (103,2), Armaniston (102,6), Belarus va Ozarbayjon (98,7), Moldova (97,3) hamda Qozog‘iston (97,2) qayd etilgan. Pastroq ko‘rsatkich esa Ukrainada (95,4), Qirg‘izistonda (94,9) va Tojikistonda (93,6) kuzatilgan.

Eng yuqori IQ darajasi Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Singapurda qayd etilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Gabon, Angola va Beninda aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 6 oyi yakuniga ko‘ra, Qozog‘istonning Olmaota shahri Markaziy Osiyo shaharlarida orasida yashash uchun eng qimmat shahar deb topilgani haqida xabar berilgan edi. Toshkent 26,2 indeks bilan dunyoda 370-o‘rinda, Markaziy Osiyoda esa 3-o‘rinda turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting IQ darajasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing