O‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini mamlakatda saqlash majburiy bo‘ladi
Jamiyat
−
26 yanvar 2021
3895O‘zbekistonning “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi. Qonun veb-sayt egalariga O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekiston hududida saqlash majburiyatini yuklovchi 27-1-modda bilan to‘ldirildi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra:
• O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari jismoniy jihatdan O‘zbekiston hududida joylashgan va Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi kerak;
• ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish talabi axborot texnologiyalari, shu jumladan Internet orqali ma’lumotlarni qayta ishlashga taalluqli;
• ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish, yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.
O‘zgartirishlar uch oy ichida — aprel o‘rtalaridan boshlab kuchga kiradi.
LiveBarchasi