O‘zbekistonliklarni qaytarish bo‘yicha charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat
−
06 avgust 2020
9272O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun 2 avgustdan 16 avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining jadvaliga qisman o‘zgartirish kiritildi.
Xususan, 5 avgust kuni Qohira – Toshkent – Qohira yo‘nalishida amalga oshirilishi belgilangan parvoz 16 avgust kuni bajariladi.
7-8 avgust Toshkent – Pekin – Toshkent yo‘nalishidagi reys esa 13-14 avgust kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi qarori bilan ikki haftada 24 ta reys amalga oshirish belgilangandi.
LiveBarchasi