O‘zbekistonliklarni eng issiq yoz kutyapti – O‘zgidromet
Jamiyat
−
20 fevral 2024 40593 1 daqiqa
Joriy yilda o‘zbekistonliklarni eng issiq yoz kutmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, hozirda kuzatilayotgan El-Nino tabiiy hodisasi 2024 yilning apreligacha davom etadi. Ushbu hodisa 10 ta raqamli iqlim modellari hisob-kitoblarining o‘rtacha natijasi hisoblanadi. Keyinchalik, ilmiy asoslarga ko‘ra, O‘zbekistonda odatdagi issiq yoz fasli (Toshkentda havo harorati 40 darajagacha), quruq kuz va sovuq qish bilan tavsiflangan La-Ninya jarayoni rivojlana boshlaydi. Quruq kuz, ya’ni yog‘ingarchilik miqdori me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zgidrometning ta’kidlashicha, issiq yoz – O‘zbekiston iqlimi uchun tez-tez uchraydigan hodisa. Janub va cho‘l hududlarida 40-45 darajagacha, qolgan hududlarda esa 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi. Eng issiq havo yoz oyida odatda 5−7 kun davom etadigan termal tushkunlik bilan bog‘liq va bunday holat 2-3 marotaba kuzatiladi.
Ma’lumot o‘rnida, El-Nino ob-havo fenomeni o‘rtacha 2-7 yilda bir marta sodir bo‘ladi va odatda 9 oydan 12 oygacha davom etadi. Bu Tinch okeani markaziy va sharqiy tropiklarida suv yuzasidagi haroratning ko‘tarilishi bilan bog‘liq iqlim rejimi hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025