O‘zbekistonliklarni dam olish kunlari qanday ob-havo kutyapti?
Bu qiziq
−
18 avgust 2023
5239Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Dam olish kunlari respublika hududi bo‘yicha havo harorati yana 1-2 darajaga ko‘tariladi va kechalari 18-20 daraja iliq, kunduz kunlari 35-37 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 38-39 darajagacha issiq bo‘ladi.
Bunday harorat avgust oyi o‘rtasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yaqin va eng issiq yillarda avgust oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzatilgan haroratdan nisbatan past hisoblanadi.
20 avgust kuni shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxt Toshkentda joriy yilning 18-20 avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Dam olish kunlari harorat 34-37 darajagacha isiydi. Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi.
LiveBarchasi