O‘zbekistonliklarga birjada kriptovalyuta sotib olishga ruxsat berildi. Shartlar qanday?
Jamiyat
−
23 noyabr 2021
14546Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston rezidentlariga kriptovalyuta sotib olish va sotishga ruxsat berdi. Bu haqda agentlik direktorining “Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1a-ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘ida belgilangan.
Hujjat bilan birinchi marta 2019 yil 21 yanvarda qabul qilingan kriptobirjalarni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy Valyutada amalga oshirishi mumkin.
Biroq O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bilan faqatgina kripto-aktivlar va tokenlarni sotishga doir operatsiyalarni xorijiy valyutada amalga oshirish huquqiga ega.
Shuningdek, yuridik shaxslarning rahbarlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ularning vakillari kripto-birjada tokenlarni chiqarish va joylashtirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradigan shaxslar toifasiga kirish yoki kirmasligini tekshirishi mumkin.
O‘zbekiston kripto-birjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulkiy ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Mulkiy ta’minotga ega bo‘lmagan tokenlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi.
Kriptobirjalar o‘zlarining tokenlarini joylashtirgan tashkilotlarni va ularning mulkiy xavfsizligi bor-yo‘qligini tekshirishlari shart. Shuningdek, jalb qilinishi rejalashtirilgan summaning kamida 10 foizi kriptobirjasining maxsus hisob raqamiga kiritilishi kerak.
Chiqarilgan tokenlarning nomlanishi yoki ramzlarida “davlat”, “davlat tomonidan ta’minlangan”, “davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan”, “O‘zbekiston”, “o‘zbek”, “milliy”, “so‘m (UZS)” hamda O‘zbekiston Respublikasi shaharlarining nomlarini to‘liq yoki qisqartirilgan shaklda, shuningdek ularning birliklaridan foydalangan holda, istalgan tilda va har qanday shaklda ishlatishni taqiqlandi.
LiveBarchasi