O‘zbekistonliklardan pul undirib kelgan qirg‘izistonlik amaldorlar ushlandi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Respublika Chegara xizmatida korrupsiya sxemasini fosh qildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, Respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kursanbek Bektashov korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olingan. 

“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati harbiy xizmatchilarining barqaror korrupsiya faoliyati bostirildi, bir necha kishi hibsga olindi, ular orasida direktorning birinchi o‘rinbosari bor”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, bu jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchilar orasida O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan “Dostuk-avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punkti boshlig‘i va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi podstansiyasining O‘sh viloyati boshqarmasi boshlig‘i bor. 

Ularning barchasi Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining “Bir guruh shaxslar tomonidan pora olish” moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumon qilinmoqda. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar ta’magirlik yo‘li bilan “Dostuk-avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan, shu jumladan og‘ir yuk mashinalari haydovchilaridan muntazam ravishda pul undirib kelgan. 

Ta’kidlanishicha, aniqlangan korrupsiya sxemasiga boshqa xodimlarning ehtimoliy ishtiroki ham tekshiriladi. 

Avvalroq, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti ma’muriyatining Afv etish bo‘yicha komissiyasi mas’ul kotibi Taalaybek Apenov 21 mln so‘mdan ortiq pora olayotganda qo‘lga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Qirg'iziston

Baholaganlar

886

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing