O‘zbekistonliklardan Isroil va Eronga borishdan tiyilish so‘raldi
Jamiyat
−
22 iyun 5027 1 daqiqa
Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyat tobora avj olib borayotgani ortidan O‘zbekiston fuqarolaridan ushbu ikki mamlakatga borishdan tiyilish so‘raldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov Telegram sahifasida yozdi.
“Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotgani bizda chuqur xavotir uyg‘otmoqda. O‘zbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni o‘zaro muzokaralar orqali tinchlik yo‘lida harakat qilishga chaqirib kelgan”, deya yozadi u.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston fuqarolaridan Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilish, ushbu mamlakatlarda bo‘lgan fuqarolardan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘ralgan.
“Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda, fuqarolarimizdan hushyorlikni saqlashni va rasmiy e’lonlarni kuzatib borishni iltimos qilamiz”, deydi TIV so‘zlovchisi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etilgani haqida ogohlantirilgandi.
Live
Barchasi