O‘zbekistonliklar Yangi yil bayramida necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
24 dekabr
13922O‘zbekistonning haftasiga 6 kun ishlaydigan aholisi Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket olti kun dam oladi. Bu haqda bugun, 24 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
28 dekabr, shanba — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
29 dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
30 dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14 dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
31 dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
1 yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
2 yanvar, payshanba — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4 yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.
LiveBarchasi