O‘zbekistonliklar uchun Saudiyaga elektron viza olish imkoni to‘xtatildi

Olam

image

Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron viza olish imkonini yopib qo‘ydi. Ayni damda “e.visa” saytida o‘zbekistonliklar uchun Saudiya Arabistoniga viza olish imkoniyati mavjud emas.

Saudiya rasmiylari hozircha bu borada rasman izoh bermagan. Ba’zi bir manbalarga ko‘ra, bu Haj mavsumida Haram hududiga noqonuniy kirishlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilgan vaqtinchalik chora bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn sayyohlik vizasini olish imkoni 2023 yil avgust oyida ochilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAAning Dubay shahrida o‘zbekistonliklar o‘rtasida yuzaga kelgan holat bo‘yicha aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston diplomatlari Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Uchrashuvda so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Saudiya Arabistoni elektron viza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing