O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qayerga boryapti?
Jamiyat
−
05 Sentabr
7364O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p turistik maqsadlarda Qirg‘izistonga boryapti. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,4 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 890,5 ming nafarga yoki 35,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Qirg‘iz Respublikasi – 1,6 mln nafar;
- Tojikiston – 676,4 ming nafar;
- Qozog‘iston – 526,4 ming nafar;
- Rossiya – 159,7 ming nafar;
- Turkiya – 123 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 106,5 ming nafar;
- BAA – 70,6 ming nafar;
- Misr – 22,2 ming nafar;
- Quvayt – 16,7 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 12,3 ming nafar;
- boshqa davlatlar – 91,5 ming nafar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi yarmida eng ko‘p Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgani ma’lum bo‘lgandi.