Yaponiya mamlakatdan chiqish solig‘ini uch barobarga oshirdi

Olam

image

Yaponiya turistlar oqimini jilovlash maqsadida mamlakatdan chiqish solig‘ini (Sayonara tax) uch barobarga oshirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 1 iyuldan boshlab Yaponiya barcha sayyohlar – ham xorijliklar, ham mamlakat fuqarolari uchun chiqish solig‘ini uch barobarga oshirdi. Endilikda Yaponiyadan chiqib ketayotganda 3 ming iyena (taxminan 220 ming so‘m) to‘lash talab etiladi.

Mamlakat hukumati, shuningdek, viza yig‘imlari narxini ham besh barobarga oshirgan. Endi bir martalik viza uchun yig‘im 15 ming iyenani (44 ming tenge) tashkil etadi.

Nashrning qayd etishicha, Yaponiya xorijlik sayyohlar sonining tinimsiz o‘sib borayotgani bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilishga intilmoqda. Shu yilning o‘zidayoq ayrim diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishda norezidentlar uchun kirish chiptalari narxi oshgani kuzatilgan.

Xususan, 1 martdan boshlab UNESCO’ning Butunjahon merosi ob’ekti hisoblangan Ximeji qal’asiga xorijlik sayyohlar uchun kirish chiptasi narxi 2500 iyenagacha (183 ming so‘m) ko‘tarilgan. 2025 yilda Ximeji qal’asiga tashrif buyurgan xorijlik sayyohlar soni 2018 yildagi 387 ming kishiga nisbatan 547 ming kishigacha ko‘paygan.

Ma’lumot uchun, Sayonara tax – bu Yaponiyadan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslardan undiriladigan xalqaro chiqish solig‘idir. Lotincha “Sayonara” so‘zi yapon tilida “Xayr” yoki “Alvido” degan ma’noni anglatadi, shu sababli bu yig‘im OAV va xalq orasida ramziy ravishda shunday nom olgan. Mamlakatning rasmiy qonunchiligida esa u Xalqaro sayyohlik solig‘i (International tourist departure tax) deb yuritiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya joriy yil 1 iyuldan boshlab xorij fuqarolari uchun viza rasmiylashtirish narxini besh barobarga oshirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing