O‘zbekistonliklar robototexnika bo‘yicha JCHda 3-o‘rinni oldi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2023
4060O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Singapurda bo‘lib o‘tgan First Global Challenge robototexnika chempionatida bronza medaliga loyiq ko‘rildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Terma jamoa tarkibidan Mahkambek Teshabayev, Nazarboy Rahmonov, Abdulaziz Mirahmedov, Aydar Ermuxon (Toshkent shahri) hamda Shukrullo Sodiqov (Buxoro shahri) joy olgan.
“Biz Singapurga kuchli jamoani olib keldik, ular qisqa vaqt ichida xalqaro chempionatga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. O‘zbekistonda robototexnika yildan-yilga jadal rivojlanmoqda”, deydi jamoa ustozi Safina Teshabayeva.
Ma’lumot uchun, First Global Challenge har yili turli mamlakatlarda o‘tkaziladigan robototexnika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib, bu yilgi chempionatda 191 davlatdan vakillar ishtirok etdi.
Terma jamoa bu musobaqada ishtirok etish uchun 100 foiz grant yutib olgan.
LiveBarchasi