O‘zbekistonda Ramazon hayiti qachon bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat
−
08:48 23563 2 daqiqa
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20 mart kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda Ramazon oyi 19 fevral kunidan boshlangan edi. Ammo hanuzgacha Ramazon hayitining qachon nishonlanishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita aniq ma’lumot taqdim etmagan. Bu borada Prezident qarori ham imzolanmadi. Ramazon hayiti qachon nishonlanishi haqidagi savollar ko‘paygan bir paytda, Adliya vazirligi 20 mart kuni nishonlanishi haqida xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
- 20 mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
- 21 mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
- 22 mart (yakshanba) – dam olish kuni.
- 23 mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etgandi. Tadbir avvalida davlat rahbari butun O‘zbekiston xalqini muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklagan. Shu ulug‘ ayyom kunlariga barchani tinch-omon, sog‘-salomat yetkazgani uchun Alloh taologa behad shukronalar aytilgan.