O‘zbekistonliklar nechta davlatga vizasiz bora oladi?
Bu qiziq
−
15 aprel
262792025 yil uchun yangilangan davlatlar pasportlari reytingida O‘zbekiston 107 ta davlat orasida 80-o‘rinni egalladi. Bu haqda “Visa Index” tomonidan tuzilgan “Visa Index 2025” reytingda keltirilgan.
Reyting ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolari 28 ta davlatga vizasiz bora oladi, 33 ta mamlakatga borgach viza olishi mumkin, 1 ta davlatda elektron kirish ruxsatnomasi (eTA) rasmiylashtirishi mumkin, 39 ta mamlakatda elektron vizani (eVisa) olishi mumkin va 128 ta davlatga oldindan viza rasmiylashtirishi talab etiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston reytingda yetakchilik qilmoqda – ushbu mamlakat pasporti 63-o‘rinni egallagan. Qozog‘iston fuqarolari 44 ta davlatga vizasiz sayohat qilishi, 36 ta davlatda esa vizani borgach olishi mumkin.
Boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari:
- Qirg‘iziston – 79-o‘rin (27 ta davlatga vizasiz, 35 ta davlatga borgach);
- Tojikiston – 84-o‘rin (23 ta davlatga vizasiz, 33 ta davlatga borgach);
- Turkmaniston – 92-o‘rin (14 ta davlatga vizasiz, 33 ta davlatga borgach).
Boshqa postsovet davlatlari bilan solishtirganda O‘zbekiston ancha ortda qolmoqda:
- Estoniya – 11-o‘rin (142 ta davlatga vizasiz, 30 ta davlatga borgach);
- Litva – 12-o‘rin (140 ta davlatga vizasiz, 30 ta davlatga borgach);
- Latviya – 12-o‘rin (141 ta davlatga vizasiz, 30 ta davlatga borgach);
- Ukraina – 28-o‘rin (110 ta davlatga vizasiz, 37 ta davlatga borgach);
- Gruziya – 45-o‘rin (84 ta davlatga vizasiz, 40 ta davlatga borgach);
- Belarus – 60-o‘rin (48 ta davlatga vizasiz, 36 ta davlatga borgach).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh rasmiylari 12 aprel kuni 100 mingga yaqin aholi poytaxt Dakkada mustaqil Falastin davlatini qo‘llab-quvvatlab namoyishlarga chiqqani ortidan o‘z fuqarolarining pasportlariga “Isroildan tashqari” degan jumlani qayta kiritishni boshlagan edi. Bangladesh Isroilni tan olmaydigan BMT ga a’zo 29 davlatdan biri hisoblanadi. Bu davlat o‘z fuqarolariga Isroilga borishni taqiqlashi va Isroil pasportiga ega kishilarni mamlakatga qabul qilmasligi bilan tanilgan. Uning bunday yondashuvi aholisining aksariyat qismi musulmon ekani bilan izohlanadi. Bugungi kunda Bangladesh 172 milliondan ortiq aholiga ega. Ularning 91 foizdan ko‘prog‘i, aniqrog‘i 150 millioni musulmonlardir.
LiveBarchasi