O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi vaksinani tanlamoqda?

Jamiyat

image

O‘zbekiston aholisi bugungacha eng ko‘p ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Vaksinatsiyaning dastlabki  o‘n kunida AstraZeneca bilan emlanish 68 foiz, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 32 foiz bo‘lgan. 

Ikkinchi o‘n kunlikda esa AstraZeneca bilan emlanish 10 foiz kamayib, 58 foizga tushgan, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish esa 42 foizga yetgan.

28 aprelga kelib O‘zbekiston aholisi uchun uchinchi vaksina — “Sputnik V”dan ham foydalanish boshlandi.

Oy oxiriga kelib vaksinadan foydalanish ko‘rsatkichi AstraZeneca da 40,9 foiz, ZF-UZ-VAC2001 da 58,4 foiz, “Sputnik V”da 0,7 foizni tashkil qilgan. 

30 apreldagi kunlik holatga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 2181 nafar fuqaro AstraZeneca bilan , 74 773 nafar aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan, 2356 nafar kishi “Sputnik V” bilan emlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugungacha 797 781 nafar odam koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing