O‘zbekistonliklar ko‘p sayohat qiladigan yana bir davlatda koronavirus aniqlandi
Olam
−
13 dekabr 2021
9984Turkiyada olti kishida koronavirusning “omicron” shtammi aniqlandi. Bu haqda Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja ma’lum qildi.
“Turkiyada olti kishida “omicron” shtammi aniqlandi.Bir kishi Istanbulda va besh kishi – Izmirda”, degan Koja.
Sog‘liqni saqlash vaziri aytishicha, “omicron”ga chalingan fuqarolardan hech biriga shifoxonaga yotib davolanish talab etilmaydi.
“Barcha bemorlarda kasallik juda yengil kechmoqda, ular ambulator kuzatuv ostida, hech qanday muammo yo‘q”, dedi vazir.
Ma’lumot o‘rnida, JSST favqulodda yig‘ilishdan so‘ng Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning yangi variantini tashvishga soladigan deb tasniflashga qaror qilgan edi. Yangi shtamm — B.1.1.529 JSST tomonidan yunoncha “omicron” harfi bilan nomlandi. Yangi shtamm nafaqat Afrikaning janubida, balki Belgiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Kanada, Niderlandiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, AQSH, BAA va boshqa mamlakatlarda ham aniqlangan.
Yangi shtamm ustida tadqiqot o‘tkazgan yapon olimlari u vaksinaga qarshilik ko‘rsatishda "delta" shtammidan 4 baravar chidamli ekanini aniqladi.
LiveBarchasi