O‘zbekistonliklar kompensatsiya haqidagi soxta e’lonlardan ogohlantirildi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2025 3666 1 daqiqa
Internet tarmog‘ida soxta veb-sayt yaratilib, O‘zbekiston fuqarolariga 100 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lab berilishi haqida Soliq qo‘mitasi raisi nomidan xabar tarqalmoqda. Davlat soliq qo‘mitasi mazkur xabarlar bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.
Bildirilishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ular feyk. Qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar faqat rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

“Soliq haqidagi ishonchli va tasdiqlangan ma’lumotlarni faqat Soliq qo‘mitasining rasmiy manbalaridan olishingiz mumkin. Fuqarolarni hushyor bo‘lishga va firibgarlarga ishonmaslikka chaqiramiz!” deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Telegram messenjeri foydalanuvchilariga noma’lum profillardan zararli APK kengaytmali fayl shaklida soxta “sud qarori” tarqatilayotganidan ogohlantirgan edi.
Live
Barchasi