O‘zbekistonliklar Germaniyada ish va’da qilayotgan firibgardan ogohlantirildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Germaniyada ishga joylash va’dasi bilan O‘zbekiston fuqarolarini aldab pul olayotgan firibgar haqida turli ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuqorida zikr etilgan shaxsga litsenziya berilmagan. 

Mazkur fuqaro Telegram messenjerida UMID_UZEURO nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan. U O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emas.

“Shu munosabat bilan, fuqarolarimizni xorijda yashash yoki ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli ko‘rinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

Fuqarolardan shunday vaziyatlarga duch kelinsa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga (tel: 71 202-33-55 va 71 200-00-61, 1282) murojaat qilish so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya firibgarlik

Baholaganlar

169

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing