O‘zbekistonliklar bayram kunlarini qanday havo bilan o‘tkazadi?

Bu qiziq

image

Joriy yilning 20, 21 hamda 22 mart kunlarida O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida iliq ob-havo harorati kuzatiladi. Ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 20 martda 15-20 daraja iliq, 21-22 mart kunlarida havo 17-22 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraj iliq, kunduzi 20 martda 17-22 daraja iliq, 21-22 mart kunlarida 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 20 mart kunida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-22 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 21-22 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 20 martda ertalab va kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-22 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20 martda 19-24 daraja iliq, 21-22 martda 21-26 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-22 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi. 20 mart kunida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchayadi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-22 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 20 martda 5-10 daraja iliq, 21-22 martda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston yomg'ir havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made