O‘zbekistonliklar avtomobillar importiga qancha pul sarflangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 418,6 mln dollarlik avtomobillar import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘tgan 11 oy davomida mashinalar va transport asbob-uskunalari imporitining umumiy importdagi ulushi 37,6 foizni tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 1,9 mlrd dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 838,9 mln dollar to‘langan.

Shuningdek, avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 418,6 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 1,6 mlrd dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 460 mln dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 592 mln dollarga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

statistika avtomobil'

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing