O‘zbekistonliklar asosan qaysi sohalarda ishlayapti?

Bu qiziq

−

image

O‘zbekistonda band aholi asosan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohalarida ishlayapti. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, band aholi soni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 3 132,6 ming kishi;
  • Ishlab chiqarish sanoati – 1 699,6 ming kishi;
  • Ulgurji va chakana savdo – 1 507,9 ming kishi;
  • Qurilish – 1 450,5 ming kishi;
  • Ta’lim – 1 367,6 ming kishi;
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 719,4 ming kishi;
  • Davlat boshqaruvi va mudofaa; majburiy ijtimoiy ta’minot – 637,0 ming kishi;
  • Tashish va saqlash – 584,6 ming kishi;
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 389,5 ming kishi;
  • Professional, ilmiy va texnik faoliyat — 152,6 ming kishi;
  • Boshqarish bo‘yicha faoliyat va yordamchi xizmatlar ko‘rsatish — 114,2 ming kishi;
  • Axborot va aloqa – 108,8 ming kishi;
  • Moliyaviy va sug‘urta faoliyati – 82,9 ming kishi;
  • Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 70,7 ming kishi;
  • Ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar – 67,8 ming kishi;
  • San’at, ko‘ngil ochish va dam olish – 66,9 ming kishi;
  • Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 66,7 ming kishi;
  • Suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 52,8 ming kishi;
  • Boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish – 2 661,8 ming kishi.

Ma’lumot uchun, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 382 685 kishini tashkil etgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing