O‘zbekistonliklar AQSHga noqonuniy kirish bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarolari so‘nggi ikki yil ichida AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tuvchilar orasida uchinchi o‘rinda qayd etildi. Bu haqda Fox News telekanali e’lon qilgan statistikada so‘z boradi.  

Telekanal ushbu ro‘yxatni Qo‘shma Shtatlar chegara xizmati ma’lumotlariga asoslanib taqdim etgan. Statistika, shuningdek, Vashington nuqtai nazaridan AQSH milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan shubhali mamlakatlar asosida ham shakllantirilgan.

Unga ko‘ra, oxirgi ikki yil davomida 13 624 nafar o‘zbekistonlik AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan.

Amerikaga noqonuniy yo‘llar bilan kirishga urinayotgan fuqarolari soni bo‘yicha Turkiya peshqadamlik qilmoqda – 30 830 nafar. Undan keyingi o‘rinlarda esa Mavritaniya (15 594), O‘zbekiston, Misr va Pokiston bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik muhojirlar AQSHga eng mashhur yo‘llardan biri Meksika orqali boradi. Ular “O‘zbekiston – Turkiya (Ispaniya) – Boliviya – Kolumbiya – Meksika – AQSH” yo‘nalishi bo‘yicha Qo‘shma Shtatlarga yo‘l oladi.

Avvalroq, kimlar AQSH vizasini suhbatsiz olishi mumkinligi haqida ma’lum qilingan edi.

Shuningdek, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card'chilarga 10 ta muhim maslahat bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Green Card

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing