O‘zbekistonliklar 7 oyda “inomarka”larga qancha pul sarflagani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
24 avgust 2020
10603O‘zbekiston fuqarolari joriy yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan avtomobil sotib olish uchun 312,3 mln dollar sarfladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) uchun 312,3 mln dollarga sarflangan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 909,6 mln dollar to‘lov qilingan.
Shuningdek, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 1 mlrd dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 539,6 mln dollar to‘langan.
Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalari 303,6 mln dollarga, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 365,1 mln dollarga tushgan.