O‘zbekistonliklar 2021 yilda Hukumatdan rozi bo‘ldimi?
Intervyu
−
14 yanvar 2022
133622021 yil ortda qoldi. Albatta, O‘zbekistonda o‘tgan bir yil ichida hukumat tomonidan turli ishlar amalga oshirildi.
2021 yilda aholi O‘zbekiston hukumati, uning amalga oshirgan ishlaridan qanchalik rozi bo‘ldi? QALAMPIR.UZ bu borada odamlar fikrini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnoma davomida, ba’zi respondentlar poytaxtda bo‘layotgan qurilishlardan roziligini aytsa, ba’zilari bozordagi narx-navoning osmonga chiqib ketayotganidan noroziligini bildirdi.
“Eski tos, eski hammom”, degandek o‘tgan bir yil ichida O‘zbekistonda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini aytgan fuqarolar ham topildi.
Qishning sovuq kunida, ko‘chada manti sotib o‘tirgan keksa onaxon savolimizga “2022 yilda arzonchilik bo‘lsin deyman. Uyimni remont qilay, tomlarimni yopay”, deb javob qildi.
Xo‘sh, siz hukumatdan qanchalik rozi bo‘ldingiz? O‘z fikringizni izohlarda qoldiring.
Ijtimoiy so‘rovnomani yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi