O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi
Sport
−
04 Oktabr 2023
3796Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Jalgasbay Berdimurodov oltin medalga ega chiqdi.
-87 kg vaznda ishtirok etgan O‘zbekiston vakili eronlik Nosir Alizodani 7:3 hisobida mag‘lub etdi. Finalgacha Jalgasbay Yaponiya va Qozog‘iston vakillaridan ustun keldi.
Shunday qilib, Berdimurodov O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 15-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Hozirda O‘zbekiston jamoasi medal jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda.
LiveBarchasi