O‘zbekistonlik yigit Suriyadagi terror tashkilotining jangovar harakatlarida qatnashayotgani aniqlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilib, jangovar harakatlarda qatnashayotgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2001 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan M.T. Turkiya davlatiga borib, u yerda “Katiba al-G‘uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkiloti yollovchilarining ta’siriga tushib qolgan. Aylanma yo‘llar orqali Suriyaga o‘tib, ushbu tashkilot safiga qo‘shilgan.

“Hozirda M.T. terror tashkilotining jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244−2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxs xorijdan olib kelingan edi. Shuningdek, Indoneziyada terrorchilikda gumonlangan 4 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya O'zbekistonlik terror tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing