O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar muddatidan avval Osiyo chempioniga aylandi
Sport
−
15 mart 2023 5225 1 daqiqa
Bugun, 15 mart kuni Mo‘g‘ulistonda davom etayotgan xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu turda O‘zbekiston jamoasi Tailand vakillari bilan to‘qnash kelib, 10:2 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan avval qit’a birinchligida g‘olib bo‘ldi.
16 mart kuni o‘zbekistonlik xokkeychilar so‘nggi turda BAA jamoasi bilan kuch sinashadi.
Osiyo chempionatida 6 ta davlat terma jamoasi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston jamoasi o‘tgan turlarda Turkmanistonni 5:0, Eronni 14:1, Mo‘g‘ulistonni 7:4 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28