O‘zbekistonlik yana bir sportchi rekord o‘rnatdi
Sport
−
27 Oktabr 2023
8238Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni jamoa hisobiga yozib qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, bugun, 27 oktyabr kuni para yengil atletikaning yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Elbek Sultonov bugungi medallar seriyasini kumush medal bilan boshlab berdi.
Keyinroq jamoaning boshqa vakili Omad Hasanov para yengil atletikaning uzunlikka sakrash bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qildi va barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alaba rekordga ulanib ketdi. Sportchi Kubaro Hakimova Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida qatnashdi va Osiyo rekordini o‘rnatdi. Bu orqali yana bir oltin medall O‘zbekiston nomiga yozib qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 oktyabr kuni ham o‘zbekistonlik para yengil atletikachi Nurxon Qurbonova ushbu musobaqada rekordini yangilagandi.
LiveBarchasi