O‘zbekistonlik velosportchi xorij klubi bilan shartnoma tuzdi
Sport
−
12 yanvar
4071Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Shahnoza Abdullayeva Shvetsariyaning UCI World Cycling Centre (WCC) klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Abdullayeva yangi klubi bilan 1 yillik kelishuvga erishgan. Endilikda yilning eng nufuzli velosport turnirlari hisoblanmish “Tour De France”, “Jiro De Italy”, “Vuelta” kabi musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
23 yoshli Abdullayeva bungacha xalqaro va Respublika turnirlarida ishtirok etib, turli probadagi medallarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, u 2022 yili Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabr oyida Tashkent City Women Professional Cycling Team” ayollar jamoasi “Tour De France”, “Tour De France Femmes Avec Zwift”, “Tour De Lʻavenir”, “Giro dʻitalia”, “Strade Bianche”, “La Vuelta Ciclista A Espana” turnirlarida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi.
LiveBarchasi