O‘zbekistonlik velosportchi qiz xalqaro turnirda 2 ta sovrin qo‘lga kiritdi
Sport
−
09 fevral
3580Kecha, 8 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida velosport bo‘yicha “UCI Women's Tour” turniri start oldi. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekistonning “Tashkent Siti” klubi a’zosi Yanina Kuskova 2 ta nominatsiyada g‘olib bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning ilk kuni doirasida velosportchilar “Dubai Miracle Garden" majmuasidan “Dubai Harbour” inshootiga qadar bo‘lgan 122 km masofani bosib o‘tdi. Yanina Kuskova ilk bosqich yakuniga ko‘ra, “Eng yaxshi yosh poygachi” va “Eng faol poygachi” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Yanina Kuskova 2022 yil mart oyida “Mediterrennean WE” Gran-prisida g‘olib bo‘lgan. O‘tgan yili Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan “Porec Trophy Ladies” turnirida ham oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, sportchi 2023 yilda Xanchjouda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida ham ishtirok etdi.
LiveBarchasi