O‘zbekistonlik velosportchi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
Sport
−
30 yanvar 2023
3468Turkiya mezbonlik qilgan velosport bo‘yicha “Grand Prix Aspensos” xalqaro musobaqasi yakunlandi. E’tiborlisi, turnirda o‘zbekistonlik sportchilar ham munosib ishtirok etdi.
Musobaqada O‘zbekiston vakilasi Yanina Kuskova oltin, Madina Qahhorova esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, o‘smir qizlar klassifikatsiyasida Sevinch Yo‘ldosheva, Asal Rizayeva, Mohinabonu Elmurodova mos ravishda oltin, kumush, bronza medallariga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Yanina Kuskova 2022 yilda o‘tkazilgan Velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida zafar quchgan. Shuningdek, u o‘tgan yili Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilgan Islom birdamligi o‘yinlarida ham munosib ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olgan.
LiveBarchasi