O‘zbekistonlik velosportchi qiz xalqaro turnirda chempion bo‘ldi

Sport

image

Ayni kunlarda Portugaliyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha “Trofeu Internacional de Pista” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Margarita Misyurina oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Misyurina g‘oliblikka skretch dasturida erishdi. Shohsupaning qolgan o‘rinlarini Portugaliya va Ispaniya vakillari band etdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Nafosat Koziyeva hamda Sofiya Karimovalar ham qatnashmoqda.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli Misyurina bungacha Polsha davlati mezbonlik qilgan “Grand Prix Poland USI 2” turnirda kumush medalga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, velosportchi shu yili Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

velosport Portugaliya Margarita Misyurina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing