O‘zbekistonlik vatandoshini o‘ldirishda ayblanib, qo‘lga olindi
Olam
−
30 iyul 2019
4233Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U 50 yoshli vatandoshini o‘ldirganlikda gumon qilinyapti. Voqea joriy yilning 27 iyul kuni Uyg‘ur tumanidagi Shonji qishlog‘ida yuz bergan. Qishloqdagi uylardan birida erkak jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Olma-ota viloyati politsiya departamenti jabrlanuvchining 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. Mahalliy politsiya “issiq iz” ortidan borib, jinoyatda gumonlanayotgan 33 o‘zbekistonlikni qo‘lga olgan.
“Jabrlanuvchi va gumonlanuvchi iyul oyida mehnat shartnomasi bo‘yicha Qozog‘istonga kelishgan hamda Shonji qishlog‘idagi qurilish ob’ektlaridan birida ishlashgan. Ular ijaraga olingan kvartirada yashashgan. O‘zbekistonliklar o‘rtasida oddiy janjal kelib chiqqan, shunda erkaklardan biri pichoqni qo‘lga olgan. Hozirda qotillik holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov olib borilmoqda. Gumonlanuvchi qamoqqa olindi”, deyiladi viloyati PD xabarida.
Ta’kidlanishicha, jinoyat quroli bo‘lgan oshxona pichog‘i topildi va tergov materiallariga biriktirildi. Ikki erkak o‘rtasidagi janjalga nima sabab bo‘lgani tergov davomida aniqlanadi.