O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada 19 medalni qo‘lga kiritdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik 13 nafar umumta’lim maktablari o‘quvchilari joriy yilning 26-29-iyul kunlari Malayziyada nufuzli Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro olimpiadada 19 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Olimpiadaning maqsadi “STEAM” (Science, Technology, Engineering, Arts and Mathematics) shaklidagi umumiy o‘rta ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlarini nafaqat axborotni eslab qolish va xotirlash, balki ijodkorlik,  mustaqil qidirish, tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor bergan holda ilgari surish hisoblanadi.

Olimpiada yakunida yosh o‘zbekistonliklar 20 ta davlatdan kelgan 1100 dan ortiq o‘quvchilar orasida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 12 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

Tadbir tashkilotchilari o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasini, ularning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini hamda matematika va tabbiy fanlar bo‘yicha bilim darajasini yuqori baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV olimpiada

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing