O‘zbekistonlik tennischi xalqaro turnir vitse-chempioniga aylandi

Sport

image

Slovakiyaning Bratislava shahri mezbonlik qilgan tennis bo‘yicha ITF W60 musobaqasi yakunlandi. Turnirda O‘zbekistonning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova ham ishtirok etdi. 

WTA reytingida 162-o‘rinni egallab turgan Abduraimova ishonchli g‘alabalar bilan musobaqaning hal qiluvchi bahsigacha yetib bordi. Sovrin jamg‘armasi 60 ming dollarni tashkil etadigan turnir bosh sovrini uchun kechgan bellashuvda Abduraimova WTA reytingida 137-o‘rinni band etib turgan xorvatiyalik Ana Konyuxga qarshi kortga chiqdi. 

Raqibasiga munosib qarshilik ko‘rsatgan O‘zbekiston vakilasi yakunda 6/2, 0/6, 6/7(2) hisobida mag‘lubiyatga uchradi va turnir vitse-chempioniga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Abduraimova

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing