Xalqaro turnirda Abduraimova final sari katta qadam tashladi

Sport

image

Ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning Shrusberi shahrida tennis bo‘yicha ITF tasnifiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Yakkalik bahslarida ishtirokini erta yakunlagan O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Nigina Abduraimova juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi.

Polshalik Paula Kanya-Xodun bilan tandemda Abduraimova 1/4 finalda britaniyalik tennischilar Lorin Jon-Batist va Eliz Maloney juftligini 6/4, 7/5 hisobida mag‘lub etishdi. 

Ertaga, 5 noyabr kuni Abduraimova-Xodun juftligi final yo‘llanmasi uchun Miryam Kolodjedova va Marketa Vondroushovaga qarshi kortga chiqadi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxmiman 14:00da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Abduraimova

Baholaganlar

18

Reyting

2.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing