Tennis. Abduraimova xalqaro musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning Shrusberi shahrida tennis bo‘yicha ITF tasnifiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova yakkalik bahslarida yaponiyalik Misaki Doiga imkoniyatni boy bergandi.

Hozirda bor e’tiborini juftlik bahslariga qaratgan O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi polshalik Paula Kaniya-Chodun bilan tandemda ruminiyalik tennischilar Monika Nikulesku va Yelena Gabriela Ryuzga qarshi kortga chiqib, 5/7, 6/1, tay-brekda 10:8 hisobida g‘alabaga erishdi.

Abduraimova-Chodun tandemiga 1/4 finalda britaniyalik tennischilar Jon-Baptiste Laurin va Eliz Maloni juftligi raqiblik qiladi. Bahs bugun, 3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:30dan keyin boshlanadi.

Ma’lumot uchun,  ITF W100 turnirining sovrin jamg‘armasi 100 000 dollarni tashkil qiladi. Musobaqada muvafaqqiyatli ishtirok etgan tennischilar WTA reytingi uchun ham ochkolarni qo‘lga kiritishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Abduraimova

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing