O‘zbekistonlik tennischi “Chellenjer” turniri 1/2 finaliga chiqdi

Sport

image

Qozog‘istonning Ostana shahrida tennis bo‘yicha “Chellenjer” turniri davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi 40 ming dollarni tashkil etuvchi mazkur musobaqada O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.

Dunyo reytingining 550-raketkasi bo‘lib turgan Sultonov ikkinchi davrada turnirning to‘rtinchi raketkasi, qozog‘istonlik Dmitriy Popkoni musobaqadan chiqarib yuborgan bo‘lsa, bugun, 28 iyul kuni bo‘lib o‘tgan 1/4 final uchrashuvida rossiyalik Yevgeniy Filippovni uch set natijasiga ko‘ra, 5/7, 6/4, 6/3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Sultonov ertaga, 29 iyul kuni rossiyalik sportchi Yevgeniy Karlovskiyga qarshi kortga chiqadi.

Taqqoslash uchun, Filippov ATP reytingida 649-pog‘onadan joy olgan. Qariyb uch soat davom etgan bahsda ikkala tennischi ham ikkitadan eys zarbasini amalga oshirdi. Qo‘shxatolar Humoyunda 5, Yevgeniyda 6 tani tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova dunyoning birinchi raqamli raketkasi Iga Svyontekka qarshi kortga chiqishi haqida xabar berilgan edi. Taqqoslash uchun, Nigina Abduraimova WTA reytingida 177-pog‘onadan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chellenjer Humoyun Sultonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing