Tennis. Humoyun Sultonov Osiyo o‘yinlari sovrindori bo‘ldi
Sport
−
28 Sentabr 2023
2580Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida o‘zbekistonlik tennischi shohsupaga ko‘tarildi. Bu haqda musobaqani bevosita yoritayotgan QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurov xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 28 sentyabr kuni o‘yinlarning tennis dasturi doirasida bahslarga kirishgan Humoyun Sultonov O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir bronza medalni qo‘shdi.
Yarim finalda Jahon tasnif jadvalida 60-o‘rinni egallab turgan xitoylik Chjinchjen Chjanga qarshi bahs olib borgan Sultonov 4:6, 1:6 hisoblarida imkoniyatni boy bergan holda mazkur musobaqani 3-o‘rin bilan yakunladi.
Ma’lumot uchun, Sultonovning qayd etgan ushbu natijasi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Osiyo o‘yinlarining 5-kunidagi 3-bronza bo‘ldi. Bunga qadar taekvondo WT bo‘yicha Svetlana Osipova hamda o‘q otish dasturi bo‘yicha Vladimir Svechnikov ham 3-o‘rin bilan kifoyalangan edi.
LiveBarchasi