O‘zbekistonlik tennischi 7 yilga sportdan chetlatildi
Sport
−
23 dekabr 2020
7129O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov 7 yilga sportdan chetlatildi. Unga kelishilgan uchrashuvlarda qatnashish ayblovi qo‘yilmoqda. Bu haqda tennis o‘yinlarini tekshirishga mas’ul tashkilot “Tennis Integrity Unit” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu cheklov 18 dekabrdan kuchga kirgan. 25 yoshlik sportchiga belgilangan vaqt oralig‘ida tennis musobaqalarida qatnashish taqiqlanadi. Xabarga ko‘ra, Temur Ismoilov uch marta – 2014, 2015 va 2019 yilda kelishilgan uchrashuvlarda qatnashgan.
Temur Ismoilov kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 12 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga ham tortilgan.