Surxondaryo viloyati IIBga ham yangi boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 31 yanvar kuni polkovnik Temur Ismoilov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida viloyat, shahar va tumanlar sektorlari, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda dastlab tashkiliy masala ko‘rilgan va Polkovnik Ismoilov Temur Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. 

Ma’lumot uchun, Ismoilov 1983 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining avvalgi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qashqadaryo viloyat IIBga rahbar etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo IIB Temur Ismoilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing