Sport vazirligi va MOQ tennischi Temur Ismoilov bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi

Sport

image

Avvalroq, o‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov 7 yilga diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchining chetlatilishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Unga ko‘ra, Temur Chingizovich Ismoilov 1995 yil 14 yanvarda tug‘ilgan. 2013 yildan to 2017 yilgacha O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. O‘sha yili oilasi bilan birga doimiy yashash uchun AQSHga ko‘chib ketganligi sababli terma jamoa safidan chiqarilgan.

Temur Ismoilov haligacha AQSH fuqaroligini olmagani bois bugungacha Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) hamda professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATR) tasnifiga kiruvchi musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida qatnashib kelgan.

“Bugun, 2020 yil 23 dekabr kuni tennis o‘yinlarini tekshirishga mas’ul bo‘lgan Tennis Integrity Unit tashkiloti Temur Ismoilovning ITF hamda ATR tasnifidagi turnirlarda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqidagi qarorini matbuotda e’lon qildi.

Ayni paytda Temur Ismoilov tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sifatida ro‘yxatda turmasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Temur Ismoilov

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing