O‘zbekistonlik talaba Turkiyada vafot etdi
Jamiyat
−
09 aprel 2019
61256O‘zbekistonlik talaba qiz Turkiyaning Konya shahrida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
24 yoshli Aziza Bo‘stonova Turkiyaning Saljuq universitetining Tibbiyot fakulteti talabasi bo‘lgan. U saraton kasaliga chalinib, o‘zi o‘qigan universitetda davolangan. Ko‘rilgan choralar natija bermay, kecha, 8 aprel kuni vafot etgan.
Olingan ma’lumotlarga qaraganda, Aziza Bo‘stonovaning oila a’zolari ayni damda Konyada. Marhuma O‘zbekistonga olib kelinadi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqqani yo‘q.
LiveBarchasi